Jamoani pulini
Assalomu alaykum! Ko‘rsatilmagan xizmat uchun qaytarib olingan jamoani pulini Masjid qurilishiga sarf kilish (ishlatish) harommi? Kaytarib olishimiz ham harom hisoblanadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir necha kishilarning pullari ularning izni yoki buyrug‘i bilan biror bir xizmat uchun to‘lansa, ammo xizmat ko‘rsatilmay pul qaytarib berilsa, o‘sha pullarni o‘z egalariga ya’ni o‘sha kishilarga qaytarish lozimdir. Chunki u pullar ularning mulkidir. Ularning iznisiz masjid qurilishi uchun ham sarflab yuborish joiz emas. Agar ularning iznisiz sarflab yuborilgan bo‘lsa, sarflovchi o‘zganing haqqiga tajovuz qilgani uchun gunohkor bo‘ladi va pullarni o‘z egalariga to‘lab beradi. Vallohu a’lam!
6 Sentabr 2022, 15:43 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom