Zakot berish menga farzmi?

Assalomu alaykum! Yoshim 23da, o‘zimni moshinam bor, yangi apteka ochdim ammo boshlanishiga firmalardan qarzga ishlap turipman. 150.000.000dan ortiq qarzim bor, men zakot berishim farzmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Darhol qaytarishi lozim bo‘lgan qarzlar va hali muddati etib kelmagan qarzlarning bir yilligi ayirib tashlanadi. Qolgani nisob miqdoriga etsa zakot berishi vojib. Shaxsiy ehtiyoj uchun olingan mashinadan zakot berilmaydi. Tijorat maqsadida olingan mollardan zakot beriladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 154 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar