Zakot xaqidagi fatvo to‘g‘rimi

Assalomu alaykum! 2-3 yil oldin bir gazetada o‘qigan edim (gazeta nomi esimda yuk) unda yozilishicha xotin o‘z moli xisobidan berishi kerak bo‘lgan zakotini, zakot olishi joiz bo‘lgan, qarzdorligi bor eriga berishi mumkin deyilgan edi. Bunga sabab qilib "er xotinni moddiy taminlashligi uning zimmasida shuning uchun er xotinga zakot berolmaydi, xotin erni taminlashga buyurilmaganligi sababli eriga zakot berishi mumkin" degan manodagi gap yozilgan edi. Er xotin bir biriga zakot bermaydi deb bilardim, bu malumot yoki fatvo to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakot beruvchi o‘zining ota-onasi, bobo-momosi va ulardan yuqoridagilarga, o‘zining avlodlariga va ulardan pastdagilarga, er-xotin bir-biriga, zakotga qurbi etadigan va o‘lik nisob egalariga, hoshimiylarga zakot berish mumkin emas. وَلَا إلَى مَنْ بَيْنَهُمَا وِلَادٌ وَلَوْ مَمْلُوكًا لِفَقِيرٍ أَوْ بَيْنَهُمَا زَوْجِيَّةٌ Oralarida ota-bolalik, qullik yoki er-xotinlik rishtasi borlarga zakot berilmaydi” (Durrul muhtor). Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar