Korrupsiya
Assalomu alaykum! Ma’lumki magistraturadan keyingi bosqich bu doktarantura. Lekin ayrim otmlarda bunday bosqichlarda o‘qish uchun bilimni umuman ahamiyati yoq. Ayrim kattalar cho‘ntagizga qarab tanlashadi kim o‘qishga kirishini. Lekin man charchaganman bu tizimdan. Ularni cho‘ntagini qappaytirish niyatim yoq. Hozirda boshqa otmlarni surishtiryapman. Haqiqatan bilimga qarab qabul qiladiganlarini. Mana shunday odamlar bor ekan jamiyatimiz gurkirab rivojlanmaydi, vatanimiz rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilolmaydi. Kallasida urvoq ham bo‘lmagan kadr nima qilib bera oladi O‘zbekistonga? Bundaylarga qarab atrofdagilarni ham ilmbokishdan intilishi so‘nadi. Ular ham kitobni tashlab, ko‘proq pul ishlashga oshiqib qolishadi. Bularni yozishdan maqsadim lavozimidan foydalanib mana shunday korrupsiya orqali pul ishlab yuradigan odamlarga buning oqibati qanday bo‘lishi, gunoh darajasi qanchalik og‘irligini, dunyo-yu oxiratda jazosi qanday bo‘lishini to‘liq aytib bersangiz degandim. Zero, bir bo‘lmasa biriga ta’sir qilib qolsa In sha Alloh.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda pora harom, olgan ham bergan ham bir xil. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه ، قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم الرَّاشِيَ وَالْمُرْتَشِيَ فِي الْحُكْمِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukmda pora beruvchini va pora oluvchini la’natladilar».
Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan.
Allohdan O‘zi xush ko‘radigan va rozi bo‘ladigan narsaga muvaffaq qilishini so‘raymiz. Allohu a’lam. Pora arab tilida «rishva» deb atalib, shar’iy istilohda adolatni yo‘qqa chiqarish va botilni yuzaga chiqarish uchun beriladigan narsaga ishlatiladi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pora beruvchini ham, pora oluvchini ham la’natlamoqdalar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la’natlari juda og‘ir jazodir, chunki la’nat birovning Allohning rahmatidan uzoq bo‘lishini so‘rashdir. Allohning mahbub Rasuli Alloh taolodan so‘ragan narsa bo‘lmay qolmasligi hammaga ma’lum. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!
23 May 2022, 17:00 | Savol-javoblar | 146 | Ta’lim va muta’allim