Nasiya savdodan zakotni xisoplash

Assalomu aleykum! Men nasiya savdoga avtomobil berganman 1) avtomobilni 10,000 ga olganman 1 yilga oyiga 1,000 dan 12,000 kilip berishga berganman berganimga xali 1 yil bulmadi 6 oy buldi 6,000 oldim kanday zakot xisoplayman 10,000 danmi eki 12000 danmi. 2) avtomobilni 9 oy oldin 9,000 ga olganman 2 yilga oyiga 500dan 12,000 kilip berishga berganman lekin olgan odam 9 oy davomida 4 oy pul berdi boshka pulimni bermiyapti aldap kochip yuripti va moshinamni avariya kilipti xozir foydasimas pulimni tanini olsam xursandman chunki moshinani ushlap sottirsam xam foydasi chikadikon narxga sotilmiydi urilganiga. Bu 2 chi moshinamdan kanday zakot beraman 9,000 danmi eki 12,000 danmi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). 12000 dan zakot berasiz. 6000 qo‘lingizga kelib tushgani uchun bir yil aylanishi bilan darhol zakotini berasiz. Qolgan qismining zakotini esa qo‘lingizga olganingizdan so‘ng ado qilsangiz bo‘ladi.2). 12000 dan zakot berasiz. Hozircha qo‘lingizga kelib tushgan qismini nisobga qo‘shib zakotini ado qiling. Qolgan qismining zakotini esa pulni qo‘lingizga olsangizgina to‘laysiz. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 165 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar