Transport kartasi

Assalomu alaykum! Biz talabamiz. Jamoat transportida yurish uchun ATTO transport kartasini olganmiz va talabalar uchun chegirma qilingan oylik tarif sotib olamiz va bu necha marotaba jamoat transportida yursangiz ham bir oy uchun bepul bo‘ladi. Shunda biz boshqa talaba sheriklarimizga bu kartadan foydalanishlari uchun berib turishimiz joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Transport kartasidan foydalanish shartlarida bitta odam ishlatishi qayd etilgan  bo‘lsa ko‘pchilik ishlatishi halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 179 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar