Juma kuni ro‘za tutish

Assalomu alaykum! Telegramm gruppalaridan birida bir odam "Juma kuni ro‘za tutish mumkinmi, men ertadan ro‘za tutmoqchi edim ertaga juma kuni ekan tutsam bo‘ladimi?" deb yozgan savoliga ko‘pchilik "yo‘q bo‘lmaydi" deb javob berishgan. Shu to‘g‘rimi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shariatmizda har bir narsani qadrini bilish, martabasini o‘z o‘rniga qo‘yish, pastga ham tushirmaslik, balandga ham ko‘tarmaslik ta’kidlangan. Aslida juma kuni ro‘za tutish joiz. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘proq juma kunida ro‘za ham tutganlar, lekin savobi ko‘p bo‘ladi degan maqsadda ro‘za tutishga juma kunini tayin qilib olish makruh, joiz emas. Bunday qilish bid’at hisoblanadi. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 16:37 | Savol-javoblar | 197 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar