Qur’oni karimda xamrni taqiqlanishi
Assalomu alaykum! Muhtaram ustozlar, Alloh ilmlaringizni ziyoda qilsin. Qur’onda aroq ichish taqiqlangan, qaytarilgan lekin ba’zi odamlar o‘zlaricha birovga zararing tegmasa aroq ichganing gunoh emas – deyishadi. Shu aroqni taqiqlangan oyatini aytsangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْخَمْرِ وَالْمَيْسِرِ قُلْ فِيهِمَا إِثْمٌ كَبِيرٌ وَمَنَافِعُ لِلنَّاسِ وَإِثْمُهُمَآ أَكْبَرُ مِن نَّفْعِهِمَا وَيَسْأَلُونَكَ مَاذَا يُنفِقُونَ قُلِ الْعَفْوَ كَذَلِكَ يُبيِّنُ اللّهُ لَكُمُ الآيَاتِ لَعَلَّكُمْ تَتَفَكَّرُونَ 219. Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», – deb ayt. Va sendan nimani nafaqa qilishni so‘rarlar. Sen: «Ortiqchasini», – deb ayt. Alloh shunday qilib sizga O‘z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangiz.
Oyatdagi «xamr» so‘zini «ichkilik», «aroq» yoki «vino» deb tarjima qilmadik. Chunki «xamr» so‘zi umumiy bo‘lib, iste’mol qilgan kishining aqlini to‘suvchi, ya’ni bir oz bo‘lsa-da, ta’sir o‘tkazuvchi barcha narsaga nisbatan ishlatiladi. Buning ichiga barcha spirtli ichimliklar hamda nasha, qoradori, ko‘knori va boshqalar ham kiradi.
«Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar».
Demak, Nabiy alayhissalomdan xamr va qimor haqida so‘rashgan. Islomga to‘lig‘icha kirish jarayonida bunday savol bo‘lishi, albatta, zarur edi. Islom inson hayotining hamma taraflaridan qamrab olgan, musulmonlar tasavvuriga yangicha fikrlash hissini solgan edi. Odamlar johiliyat qoidalaridan, odatlaridan tez qutulib, islomiy qonunlarga tezroq amal qilishga shoshilishardi. Islom jihod, namoz kabi narsalargagina emas, undan boshqa ishlarga ham, masalan, oziq-ovqatning halol-pok bo‘lishiga, kasbning pokligiga, mol-dunyoni halol yo‘l bilan topishga va uni joyini topib nafaqa qilishga ham e’tibor beradi. Chunki bular insoniyat hayotidagi eng muhim holatlar hisoblanadi.
Dunyoda adolat o‘rnatish, er yuzida Allohning xalifasi bo‘lish vazifasi yuklatilgan shaxs aroqxo‘r yoki qimorboz va molini noo‘rin sarflaydigan bo‘lishi mumkinmi? Albatta, yo‘q. Holbuki, xamr ichish, qimor o‘ynash va noo‘rin nafaqa qilish hollari johiliyat vaqtida kishilar hayotiga singib ketgan edi. Ular xamrsiz hayotni tasavvur qila olmas edilar. Shuningdek, qimor va noto‘g‘ri mol sarflash ham keng tarqalgan edi. Musulmonlardan ba’zilari o‘zlaridagi pok his-tuyg‘u ta’sirida bu ishlarning o‘nglanishi lozimligini ham his qilar edilar.
Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu:
«Allohim, bizga xamr haqida shifo bo‘luvchi bayon bergin», – deb duo qilib yurar edilar.
Alloh taolo kishilar hayotiga singib ketgan aroqxo‘rlik illatini asta-sekin muolaja qilishni iroda qildi.
Avval, «Xurmo va uzumlarning mevasidan mast qiluvchi narsa hamda yaxshi rizq olasizlar», deb «Nahl» surasida mast qiluvchi narsani yaxshi rizqqa qarama-qarshi qo‘ydi. Ko‘pchilik «Xamr yaxshi narsa emas ekan», – deb ichishni tashladi.
Keyin hazrati Umar boshliq bir guruh musulmonlar:
«Ey Allohning Rasuli, xamr haqida bizga fatvo bering, bu aqlni ketkazuvchi, molni tortib oluvchi narsa», – dedilar. Shunda Alloh taolo «Baqara» surasidagi biz o‘rganayotgan ushbu oyatni nozil qiladi.
Keyinroq Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhu uylarida mehmondorchilik uyushtirdilar, u erda ichib, mast bo‘lishdi. Namozda imomlari «Kafiruun» surasini xato qilib o‘qidi. Shunda Alloh taolo «Mast holingizda namozga yaqinlashmang», degan oyat nozil qildi. Yana ko‘pchilik ichmay qo‘ydi.
Bir muddat o‘tgandan keyin Atabon ibn Molik ziyofat berdilar. Ichib o‘tirib, mast bo‘lib, janjal chiqdi, mushtlashuv bo‘ldi. Shunda Alloh taolo xamrni butunlay harom qiluvchi oyatni nozil qildi. Inshaalloh, bularning barchasi o‘rni kelganda o‘rganiladi.
Xamr va qimor haqidagi savolga javob berishni Alloh taolo Payg‘ambar alayhissalomga:
«Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», – deb ayt», – deb o‘rgatmoqda.
Xamrning ham, qimorning ham katta gunoh ekani avvaldan ta’kidlanmoqda. Shu bilan birga, o‘sha vaqtdagi kishilarning e’tiqodi bo‘yicha, manfaatlari ham borligi eslatib o‘tilmoqda. Ular xamr sotib, pul topishni manfaat deb tushunishgan. Shuningdek, qimorda pul yutishni, undan odamlarga cho‘tal berishni ham manfaat deb tushunishgan. Lekin bunga o‘xshash manfaatlari ularning gunohi oldida hech narsa emasligi ham uqtirilmoqda. Xamrning jamiyatga, shaxsga, davlatga va insoniyatga keltiradigan zarari hozirgidek ko‘zga yaqqol ko‘rinmagan bo‘lsa kerak. Eslashimiz kerakki, aqlni to‘suvchi har bir narsaga xamr deyiladi. Uning nomi turlicha bo‘lishi mumkin, pivodan tortib morfi va boshqalari ham, hammasi harom.
Qimorning hukmi ham shunday: osonlik bilan, mehnat qilmay, oshiq yoki karta o‘ynabmi yoki boshqacha nomlangan o‘yinlar o‘ylab chiqaribmi, odamlarning pulini olish harom. Hozirgi paytda qimorning ham xuddi xamrga o‘xshab, turlari ko‘payib ketdi. Insoniyatga katta zarar keltirayotganligi uchun ularning barchasi haromdir.
Uchinchi so‘ralgan narsa nafaqa haqida, to‘g‘rirog‘i, nafaqaning miqdori haqida bo‘ldi. Topgan molu dunyoni o‘z o‘rniga, to‘g‘ri sarflash naqadar zarurligini hozir hamma ham tushunib qoldi. Turli-tuman, harom-harish sarf tufayli nafaqat shaxslar, balki davlatlar, xalqlar musibatga uchraydi. Bu oyatda xayr-ehson, nafaqa, sadaqaga ham o‘zidan ortganini ishlatish uqdirilyapti:
«Va sendan nimani nafaqa qilishni so‘rarlar. Sen: «Ortiqchasini», – deb ayt».
Demak, inson avval o‘ziga, ahliga keragini ishlatib, ortib qolganini nafaqa qilishi kerak ekan.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda aytiladiki, bir kishi:
– Ey Allohning Rasuli, menda bir dinor bor, – dedi. U zoti bobarakot:
– O‘zingga sarfla, – dedilar.
– Yana boshqasi bor, – dedi. Nabiy alayhissalom:
– Oilangga sarfla, – dedilar. U:

– Bolangga sarfla, – dedilar. Haligi odam:
– Yana boshqasi bor, – degan edi, Nabiy alayhissalom:
– O‘zing bilasan, – dedilar.
O‘zidan ortib qolgan mol-dunyoni ko‘pchilikning manfaati uchun ishlatish orqali musulmonlar jamiyatida ijtimoiy tenglik ro‘yobga chiqadi: muhtojlarga yordam uyushtiriladi, jamiyatning boshqa zarur ehtiyojlari ham qoplanadi.
Oyati karimaning oxirida:
«Alloh shunday qilib sizga O‘z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki, tafakkur qilsangiz», – deyiladi.
Demak, kerakli narsalarning barchasini Alloh bayon qilib bergan. Tafakkur qilib, o‘sha bayondan foydalanish bandaning ishi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:32 | Savol-javoblar | 190 | Qur’oni karim