Bolalar haqi

Assalomu alaykum! Biz xususiy uy bog‘chasi ochganmiz, davlat har bir bolaga 250 ming so‘mdan to‘laydi, undan tashqari bolalarham bog‘chaga 200 ming so‘mdan to‘lashadi, davlat bog‘cha xodimlari uchunham alohida oylik to‘laydi. Savol: uyda nonushta, tushlik, poldnik uchun ovqatlar tayyorlanadi va bitta qozon qaynaydi, ana shu uydagi farzand, oshpaz va xodimlar ham ana shu ovqatdan eyishligi joizmi? Lekin bolalarnikini kamaytirib to‘ymay qoladigan darajada emas, bazida bolalar eyishmaydi shunda ortib ham qoladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu masalaning hukmi bir necha narsalarga bog‘liq. Davlat tomonidan mablag‘ kimga nima uchun berilishi, bog‘cha va bolalarning ota-onalari bilan qanday shartnoma tuzilganligi, o‘sha shartnomada bolalarni ovqat bilan ta’minlash bog‘chaning zimmasiga yuklangan yoki yuklanmaganligi, agar yuklangan bo‘lsa har bir bolaga beriladigan ovqatning miqdori va uning xarajati kimning zimmasida bo‘lishi kabi masalalarga aniqlik kiritilsa masalaning hukmi ayon bo‘ladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 17:03 | Savol-javoblar | 148 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar