Skladda ishlash
Assalomu alaykum! 1. Men Rossiyada oziq-ovqat ombor(sklad)da ishlayman. Meni ishim kopmlekt va ko‘p miqdorda kelgan tovarni xar bir buyurtma uchun saralab yig’ishdan iborat. Bu omborda turli xil bo‘limlar bor: Go‘sht, meva-sabzavot, non, sut, ichimliklar va boshqalar. Savolim asosan go‘sht va men ishlaydigan pishiriqlar(kulinariya) bo‘limiga tegishli. Biz terayotgan tovarlar ichida cho‘chqa, mol va tovuq ( mol va tovuq go‘shti qanday so‘yilganini bilmayzmiz, katta extimol bilan noshar’iy so‘yilgan) go‘shti qo‘shilgan taomlar xam mavjud ( taxminan 35-40%) . Savolim shu joyda ishlashim joizmi, topgan pulim xalolmi? 2. Agar ishlash nojoiz bo‘lsa u xolda boshqa ish topgunimga qadar shu erda bir necha kun ishlab tursam bo‘ladimi. Chunki Rossiyada xozirda ish topish qiyin ayniqsa mendek xujjatsiz odam uchun.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shari’atga zid mollarning sotilishida xizmat qilishingiz joiz emas. Yaxshiroq ish topguningizcha oyligi kamroq bo‘lsa ham boshqa ishda ishlab turing. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 17:04 | Savol-javoblar | 201 | Halol va harom