Cho‘chqa go‘shtini harom bo‘lishi

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men xozirda Xitoy davlatida o‘qiyapman. Bu erda cho‘chqa va boshqa xarom mahsulotlar juda ko‘p. Ta’biiyki bu mahsulotlarni iste’mol qilmiman. Shu sababli mahalliy xalq mendan nega cho‘chqa va boshqa mahsulotlarni harom deysan, sababi nimada deb so‘rashadi. Shu savolga qanday javob berishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Har bir dinda qilish va qilmasligi kerak bo‘lgan ishlar bor. Ular ham buni tan olishadi. Dinimizda buning iste’mol qilishdan ta’qiqlangan. Hikmatiga kelsak hozirgi kunda cho‘chqa go‘shtining zararlari deb ilmiy ishlar qilingan, videolari ham bor. Eng asosiysi bu go‘shtni iste’mol qiluvchilarda ayollarini avratini berkitishga bo‘lgan hamiyat qolmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 02:17 | Savol-javoblar | 186 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar