Guvohnomani olsa taloq bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Er xotiniga talog‘ini bermasa ayoli yashamiman ajrashaman deb sudga ajrashish uchun ariza bersa va sud ajrim qarorini chiqarsa va ayol kishi zagsdan nikox bekor qilinganligi to‘g‘risidagi guvoxnomani olsa er va xotin o‘rtasiga taloq tushadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! ZAGSni bekor qilayotganida aytilgan gaplarga qaraladi. Agar taloq yoki taloqqa dalolat qiladigan biror gap aytilmasa o‘z-o‘zidan taloq tushib qolmaydi. Bunday holatda ayol to erdan taloq olmaguncha boshqasiga nikohlanishi joiz emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 14:59 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar