Tibbiyot oid

Assalomu alaykum! Man tibbiyot institutda o‘qiyman, xozirda bo‘layotgan dunyodagi vaziyat. Pandemiyani xisobga olib bizni ta’lim xam onlayn rejimga o‘tgan edi va xaligacha bu rejim tugamadi, savolim shundaki: bizni gruppamizda oilalik opa xam bor. Uni 2 farzandi bor, u dars uchun qilingan platforma, zuum ni tushinmaydi va ko‘pincha onlayn o‘qigani vaqti bo‘lmaydi. Shu paytlarda mandan iltimos qiladi man yo‘q deyaolmayman, sharoitini xisobga olib. Uning o‘rniga testlarni xam echib qo‘yaman, darslarga yordam beraman. Bu bilan unga zulmga qilyapmanmi yoki o‘zimgami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz bu xiyonatingiz bilan ummatga zulm qilgansiz. O‘qimasdan tayyorgarlik ko‘rmasdan ertaga biror joyga ishga kirsa necha kishilarni umriga zomin bo‘ladi? Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:12 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar