Chorvachilik
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir tanishim bilan sheriklikda qo‘y boqib ko‘paytirmoqchi edik. Boshida men 4 ta qo‘zi sotib olib beraman, u esa ularni bir yil davomida o‘z xisobidan boqib kattartiradi va bir yillik ketgan xarajatini aytadi. Men keyingi yili u ketkazgan xarajat qancha bo‘lsa shuncha pulga yana qo‘zi olib beraman. Bunda foyda 50/50 ishlamoqchimiz. Yani u bir yilda em-xashagiga 2mln so‘m xarajat qilgan bo‘lsa men shuncha summalik qo‘zi olib beraman. Shu ishimiz xalol bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Shunday qilib ko‘rganlardan maslahat so‘ranglar. Siz kabi ish qilganlarning juda ko‘pchiligi bizga cho‘ponlarda xoinlik sifati kuchayganini aytishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham boshqa payg‘ambarlar ham ijaraga qo‘y boqqanlar. Ya’ni ma’lum bir haq evaziga boqqanlar. Shunday qilsangiz shariatg muvofiq bo‘ladi. Ya’ni em hashaginig pulini ham boqib semirtirganini pulini ham ijara haqqi qilib berasiz. Mabodo beparvolik qilsa, halokatiga sabab bo‘lsa qo‘yingizni to‘latib olishga haqqingiz bor. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom