Qaysi vaqtda Qur’oni Karim eshitish joizmas
Assalomu alaykum! Ma’ruzada eshitgan edim, Quroni Karimni uch paytda tinglab bo‘lmaydi deb. Lekin qo‘shnimiz ertalab qo‘yosh chiqayotganda tinglagani eshitiladi. Ertalab quyosh chiqayotganda va kechkurun quyosh botayotganda Quroni Karim eshitish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’oni karimni quyosh chiqayotganda ham, quyosh qiyomga kelgan payti ham, quyosh botayotganda ham tinglash joiz. Siz namoz o‘qish joiz emas bo‘lgan vaqt bilan Qur’on o‘qish vaqtini adashtirib qo‘yibsiz. Bu paytlarda namoz o‘qish harom xolos.
Hanafiy mazhabi bo‘yicha, quyidagi vaqtlarda barcha namozlarni o‘qish harom:
1. Quyosh chiqayotgan paytda.
2. Quyosh qiyomga kelgan vaqtda. (Juma kuni mustasno.)
3. Quyosh botayotgan paytda. (O‘sha kunning asri mustasno.)
Quyidagi vaqtlarda nafl o‘qish harom.
4. Bomdod namozining farzini o‘qigandan to quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilguncha.
5. Asr namozining farzini o‘qigandan to quyosh botguncha.
Hanafiy mazhabi bo‘yicha quyidagi vaqtlarda ham nafl namozlari o‘qish makruhdir:
6. Tong otgandan so‘ng bomdodning sunnatidan boshqa nafl namozlarni o‘qish. Buning dalili:عَنِ ابْنِ عُمَرَ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ بَعْدَ طُلُوعِ الْفَجْرِ إِلَّا رَكْعَتَيِ الْفَجْرِ رَوَاهُ الطَّبَرَانِيُّ Ibn Umardan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Fajrdan keyin bomdodning ikki rak’at sunnatidan boshqa namoz yo‘q», dedilar».
Tabaroniy rivoyat qilgan.
7. Shom namozidan oldin nafl o‘qish. Chunki shom namozini tez o‘qishga amrlar bor. Undan oldin nafl o‘qish shomni kechiktirish bo‘ladi.
8. Juma, iyd, haj, nikoh, kusuf, xusuf va istisqo xutbalari bo‘lib turgan vaqtda. Bu vaqt imom minbarga chiqqanidan to namozni o‘qib bo‘lgunicha davom etadi.
9. Iyd namozidan oldin va keyin.
10. Farz namozga iqoma aytilganda. Faqat bomdodning sunnatini tezda, farzga ulgurish sharti bilan o‘qib olish joiz. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:13 | Savol-javoblar | 126 | Qur’oni karim