Jamoat namozi haqidagi hadis

Assalomu alaykum! Alloh sizlardan rozi bo‘lsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat etadilar: «Bir kishi bomdod namozini jamoat bilan o‘qib, peshindan oldin vafot etsa, Alloh o‘sha bandaning shirkdan tashqari barcha gunohlarini kechiradi.Peshin namozini o‘qisa-yu, asr namoziga etolmasdan vafot etsa, Alloh o‘sha qulini mag‘firat qiladi. (Mahshar kuni huzurida gunohsiz qabul qiladi).Asr namozini jamoat bilan o‘qib, shom namoziga etolmay vafot etsa, Alloh undan muhaqqaq rozi bo‘ladi.Shom namozini jamoat bilan o‘qib, xufton namoziga etmasdan vafot etgan kishiga mahshar maydonida Ibrohim alayhissalom yo‘ldosh bo‘ladi. Xufton namozini jamoat bilan o‘qib, bomdod namoziga etmasdan vafot etgan namozxon jannatda Alloh jamolini ko‘rmoq bilan sharaflanadi». Shu hadis sahihmi ustozlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday hadis topilmadi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 08:35 | Savol-javoblar | 175 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar