Yashirin nikoh masalasi

Assalomu alaykum! Do‘stim 1-2 yil oldin sevgan qizi bilan yashirin nikoh o‘qitgan edi. Man vaqtlar kelib endi o‘sha qizga uylanadigan bo‘ldi. Ramazon oyidan keyin to‘ylari rejalashtirilgan. Savolimning mazmuni quyidagicha: endi ular nikoh o‘qitishadimi? Nima qilishni to‘g‘risi bilmay turibdi. O‘qitsa joizmi? Oldindan nikohlari borligini do‘stimni ota-onasi bilsa juda qiyin ahvolga tushishadi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘qitishsa joiz. Avval nikoh o‘qitganini odamlarga aytish shart emas. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:29 | Savol-javoblar | 144 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar