Xarom yo‘l bilan erni sug‘orish

Assalomu alaykum! Kelin bo‘lganimga 4 yil bo‘ldi. Bir qizim bor. Qaynotamning uyimiz orqasida bog‘i va ogorodi bor. U erga qaynotam o‘z xisobidan juda ko‘p daraxtlar va gullar ekkan. Bog‘ni kanaldan oqib keladigan suv bilan ariqlar orqali sug‘oradi. Ogorod oralgan bo‘lib domni podvalidan chiqadigan suvga qaynotam noqonuniy yo‘l bilan truba o‘tkazgan va shu orqali sug‘oradi. Men buni bu yili bildim. Suvga schyotchik o‘rnatilmagan. Suv jekka tegishli. Ovsinimning aytishiga qaraganda qaynotam jek egasi bilan kelishgan ekan. Yaqinda xokimiyatdan tekshirish kelganida qaynotam trubalarni uzib olib tashladi tekshirish tugaganidan keyin yana ulab qo‘ydi. Qaynonam bo‘lsa qandok sug‘oraslar deb so‘rab qolishsa uydagi kranga shlang ulab deb aytgin dedi. Suv davlatga tegishli bo‘lsa davlat mulkini o‘g‘irlash xarom to‘g‘ri fikrlayapmanmi? Xo‘jaynimga ayting xalol yo‘l bilan sug‘orsin dedim. Xo‘jaynim bir necha marta aytgan ekan schetchik o‘rnataylik yoki tabiiy yo‘l bilan suv chiqaraylik deb qaynotam quloq solmagan va bir necha yillardan beri shu yo‘l bilan sug‘orar ekan. Xo‘jaynimlar 3 o‘g‘il. Qaynotam xammamizga xarom egizdirib qo‘ymayaptimi? Qaynotam u erda ba’zida bizga ovqat qilib beradi o‘choqda. Qarashib yubor deb aytadi. Sabzavotlarni archlab ularni o‘sha suvda yuvishga to‘g‘ri keladi. Qaynotamga o‘ziz yuvib bering deb aytolmiman. Yordam bermaslikka xaqqim bormi o‘sha suvdan saqlanish maqsadida.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imkon topib eringiz bu masalani hal qilsin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 146 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar