Bankdan qarzim bor qurbonlik qilamanmi

Assalomu alaykum! Yaxshimisizlar, man tijorat bilan shug‘ullanaman, molim nisobga etgan edi, zakot qildim. Yaxshi niyat bilan qurbonlik qilish uchun qo‘y xam olgandim. Savol javoblarni o‘qib o‘ylanib qoldim, qarzi bor odam qurbonlik qilmasligini, ishimizi engillatish uchun yaqinda mashina sotib olganidim, u mashinani bankdan krediti boridi, yarim pulini berib yarmini bankdagi kreditini to‘lashni o‘z bo‘ynimizga olib oldik, xar oyda to‘lab boriliyabdi kredit. Mashinaga birdaniga xamma pulini berib olishga qiyinchiligimiz boridi, oborot kamayib qolardi, ish pasayib ketardi. O‘shanga yarmi kredit bo‘lgani bizga maqul kelganidi. Endi javoblarni o‘qisam bankdan krediti bor odam qurbonlik qilishi joiz emas deyiliyabdi. Man qurbonlikni qilmoqchi edim, yaxshi niyatlarda qo‘y olganidim, maslaxatlariz kerak iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bankdan krediti bor odam qurbonlik qilishi joiz bo‘lmaganidek, bankdan kredit olish ham joiz emas. Avvalo bankdan krediti bor mashina olib noto‘g‘ri ish qilibsiz. Imkon darajasida uni tez yopib, foizli kreditdan qutilish kerak. Agar qurbon hayitda so‘yaman deb qo‘y olib qo‘ygan bo‘lsangiz, uni so‘yishingiz kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:48 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar