Allohning Shomil sifatlari
Assalomu Alaykum, Hurmatli Shayx Hazratlari! “Aqoida ilmi va bunga bog‘liq masalalar” kitobingizda Allohning sifatlari va ismlari bo‘limida Allohning shomil sifatlari ko‘rsatilmagan ekan. Hazrat Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Shu masalani topishda yordam qilsangiz. Aqida ilmi va bunga bog‘liq masalalar kitobingizda bir satrni o‘qidim. Unda “Kim tavhid ilmida tushunmaganini ahli ilmlardan so‘ramasa kofir bo‘ladi” deb yozilgan jumlani o‘qib qoldim. Shunga men Allohning shomil sifatini bilish uchun internet qidiruvi orqali ham qidirib to‘liq javob ola olmadim. Agar imkon bo‘lsa tushuntirib yuboring. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Men sizning savolingizni o‘qib hayron qoldim. Mazkur kitobning vord nusxasini ochib “Kim tavhid ilmida tushunmaganini ahli ilmlardan so‘ramasa kofir bo‘ladi” deb yozilgan jumlani topa olmadim. Siz bu gapni qaerdan topdingiz??? O‘shani hujjat bilan isbotlab berishingiz so‘raladi. - Ikkinchidan bu gapning Alloh taoloning shomil sifatlari degan gapingizga nima aloqasi bor???
26 May 2022, 20:24 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar