Dubaylikni islomiy libos haqidagi gapi

Assalomu alaykum! Men bir ko‘rsatuvda Dubaydagi masjidlardan birining vakili:"Islomda diniy libos xaqida belgilab berilmagan. Eng muximi toza, tartibli, e’tiborni tortmaydigan libos kiysa bo‘ldi. Bizda xavo xarorati issiq bo‘lgani sababli ayollar shunday kiyinishadi. Boshqa davlatlardagi muslimalarning bunday kiyinishi esa arablarga taqlid" - deganini eshitdim. Shunga o‘z munosabatingizni bildirsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu saytda bizni munosabatimiz emas shariat ahkomlari beriladi. Biz avval ko‘p javoblarimizda dinimizdagi kiyimning shartlari haqida aytib o‘tganmiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:47 | Savol-javoblar | 166 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar