LGBT ni quvvatlaydigan kompaniya filialida ishlash

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda ko‘plab kompaniyalar o‘zlarini LGBTni quvvatlaydigan qilib ommaga namoyish etishmoqda. Gooogle, Fasebook va boshqa xalqaro kompaniyalar shu jumladan. Biz musulmonlar shu kompaniyalarning O‘zbekistondagi filialida ishlab topgan pulimizning hukmi qanday bo‘ladi? Xalqaro kompaniyaning O‘zbekistondagi filiali o‘zini LGBT tarafdori deb atamagan bo‘lgan holatda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Olgan pulingizni hukmi kompaniya LGBTning tarafdorimi yoki yo‘qligidan qat’iy nazar qiladigan ishiga bog‘liq. Agar kompaniyaning faoliyati shariatda man qilingan harom ish bo‘lsa, LGBTni tarafdori bo‘lmasa ham ishlashingiz joiz bo‘lmaydi. Agar tashkilot muboh bo‘lgan ish bilan shug‘ullansa va sizning ishingizga harom aralashmasa, agar LGBTning tarafdori bo‘lsa ham ishlashingiz joiz. Chunki asli egasi kofir, fosiq va fisqu fasodni qo‘llaydigan bo‘lsa ham, muboh ishlarda ishlashingiz joiz. Albatta taqvo qilganingiz afzal bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:50 | Savol-javoblar | 187 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar