Artizan suvi

Assalomu alaykum! Men yurtimizning chekka qishloqlaridan birida yashayman. Qishlog‘imiz ahli tomorqalarini artizan suvi orqali sug‘orib, 1 soatiga 3 ming so‘mdan to‘lashadi. Kimdir 1 soat yana kimdir 1,5 yoki 2 soat, tomorqasi artizandan uzoqlar esa bundan ham ko‘p soatlab tomorqalarini sug‘orishadi. Ariqlar ayrim aholining uyi ichidan o‘tgan. Savolim shuki men suv olganimda mendan oldingi uy egalari men olayotgan suvni butunlay to‘xtatib olishmasa ham zarur bo‘lganida hayvonlarga berish uchun, ko‘cha va hovlilarga sepish va ko‘chat nihollarni sug‘orish uchun va yana ayrim ehtiyojlari uchun “suv meni uyimdan o‘tgani uchun haqqib bor” deb suvdan chelak orqali ehtiyojlariga yarasha olishlari mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mahalla bir biridan rozilik so‘rab qo‘ysa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:19 | Savol-javoblar | 157 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar