Logistikada freight factoring
Assalomu alaykum! Biz logistika (yuk mashinalarida yuklarni tashish) sohasida ishlaymiz. Bu kompaniyalarda yuk manziliga etkazilgandan keyin ma’lum muddat o‘tgach (30 - 120 kun) etkazib berish xizmati uchun to‘lov olinadi. Lekin haydovchilarga 7 kun ichada yuk uchun pul to‘lanishi kerak. O‘rtada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan naqt pul etishmovchiligini oldini olish maqsadida logistika kompaniyalari faktoring xizmatidan foydalanishadi. Ushbu xizmat kompaniyalardan etkazib berilgan yuk xizmat haqidan ma’lum foizini ushlab qolgan holda logistika kompaniyasiga 1 kun ichida yuk pulini to‘lab beradi va faktoring kompaniyalar ma’lum muddat o‘tgach o‘zlari qarzdorlardan pullarni yig‘ib olishadi. Logistika va faktoring kompaniyalari Amerika Qo‘shma Shtatlarida joylashgan va shu davlat ichida yuklar bo‘ladi. Ushbu xizmat yuk faktoringi deyiladi (freight factoring). Savolim yuk faktoring (freight factoring) xizmati ribomi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu amaliyot “qarzlarni sotib olish” deb ataladi. Ya’ni qarzlarni egalaridan qarzning qiymatdan kamroqqa vaqtidan oldin sotib olish bo‘lib, bu harom qilingan rabaviy shartnomalardan hisoblanadi. Bunda shartnomada ikki xil ribo bir bo‘lib, biri fazl ribosi, ikkinchisi nasiya ribosidir. Fazl(ortiqcha) ribosi – qarzni sotib olingan mablag‘dan ko‘ra qarzning miqdori ortiqcha bo‘ladi. Nasiya ribosi qarzning mablag‘ning olish muddati kechiggani uchun bo‘ladi. Shuningdek bu erda amaliyotni harom qiluvchi yana bir illat bo‘lib, u “g‘arar” ya’ni qarzni undirish aniq bo‘lmaganligidir. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: نَهَى النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ بَيْعِ الْحَصَاةِ وَعَنْ بَيْعِ الْغَرَرِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلاَّ الْبُخَارِيَّ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam tosh otish savdosidan va “g‘arar” savdosidan qaytardilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 15:51 | Savol-javoblar | 142 | Moliya va tijorat