Umra necha kun davomida
Assalomu alaykum! Umrani 11 yoki 14 kunlik deyishadi firmalar. 1 Savolim shuki, ehromga kirgandan boshlab say va tavof va boshqa amallarni qilib ehromdan chiqish necha kun ichida bo‘lishi kerak? Bu haqida umuman ma’lumot topa olmadim. 2 Yana savolim bor umra va hajga baribir mahram bilan borish yaxshi man ukamni mahram qilib olib ketmoqchiman ukam 19 yosh lekin biz ota boshqa ona bir opa ukalarmiz shunday holatda safarga chiqishga ruhsat bormi Saudiya Arabistonidan. Ba’zilardan eshitdim din qo‘mitasidan opa ukaligilani tasdiqlovchi hujjat qildirasan diyishdi bo‘lmasam umraga kirg‘izmaydi deyishdi. Shu gap to‘g‘rimi? Yoki bunday hujjatsiz ham borish mumkinmi umra va hajga?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Umrani ado qilish uchun vaqt chegaralanmagan. Amalda 2-3 soat ichida umrani bemalol to‘liq ado qilsa bo‘ladi.
2). Ona bir ota boshqa ukangiz sizga mahram bo‘la oladi. Bu uchun biror hujjat talab qilinishini hali eshitmaganmiz. Vallohu a’lam!
16 Oktabr 2023, 08:38 | Savol-javoblar | 0 | Haj va umra