Imtihonda yordam berish

Assalomu alaykum! Men xozir abiturient man chet davlatta O‘zbekitonda emasman. Xozirda pandimiya sababmi bilmayman bizlarda ko‘p Universitetlar onlayn imtixon bo‘lyapti. Kamera, mikrafon yoqilmaydi, test savollarini tashlaydilar, testni 2 soatta echish kerak. Savolim shuki men o‘sha testga qatnashadigan biror tanishimga yoki menga biron tanishim yordam bersa gunaxkor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Imtihondan maqsad sizning bilimingizni tekshirish. Agar sizga boshqa odam yordam bersa, imtihonning maqsadi hosil bo‘lmaydi. Sizga boshqa odam yordam bersa, ustozlaringizni aldagan va gunoh ish qilgan bo‘lasiz. Chunki shariatimizda aldov va yolg‘on gunoh ish hisoblanadi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:52 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar