Uy hayvonlarini boqish

Assalomu alaykum! Meni xolam uyida mushuk boqadi, unga xar kuni 3-4 pochka «Kitiket» nomli taom beradi. Uning bir donasining narxi Uzbek sumiga 2500 sumga to‘g‘ri keladi. Xar kuni 7000 — 10 000 sum pul mushuk uchun sarflaydi. Bu ishini isrof jixatdan noto‘g‘riligini aytsam, xolam  savobli amal deyapti. Bu xolatda shariatimiz xukmi kanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha mushugiga sarflaydigan pulining yarmini faqir miskinlarga ham sarflasin. Qiyomatda ulkan ajrini oladi. عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ تَصَدَّقَ بِعَدْلِ تَمْرَةٍ مِنْ كَسْبٍ طَيِّبٍ - وَلَا يَقْبَلُ اللهُ إِلَّا الطَّيِّبَ - وَإِنَّ اللهَ يَتَقَبَّلُهَا بِيَمِينِهِ، ثُمَّ يُرَبِّيهَا لِصَاحِبِهِ كَمَا يُرَبِّي أَحَدُكُمْ فَلُوَّهُ حَتَّى تَكُونَ مِثْلَ الْجَبَلِ». تَابَعَهُ سُلَيْمَانُ عَنِ ابْنِ دِينَارٍ. وَقَالَ وَرْقَاءُ: عَنِ ابْنِ دِينَارٍ، عَنْ سَعِيدِ بْنِ يَسَارٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. وَرَوَاهُ مُسْلِمُ بْنُ أَبِي مَرْيَمَ وَزَيْدُ بْنُ أَسْلَمَ وَسُهَيْلٌ عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim halol kasbdan bir dona xurmo miqdoricha sadaqa qilsa – holbuki, Alloh faqat halolini qabul qiladi – Alloh uni o‘ngi bilan qabul qiladi. So‘ngra uni egasi uchun xuddi biringiz o‘z toychog‘ini o‘stirganidek o‘stiradi, hatto u tog‘dek bo‘lib ketadi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:27 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar