Namoz, g‘ayrimusulmonlar va tavhid
Assalomu alaykum! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin. Savolim ; Misol uchun peshin namozining 4 rakat sunnatini o‘qib bo‘lsa so‘ng 4 rakat farzini boshlasa farzning 3-rakatiga kelsayu tahorati sinsa bu inson salom berib tugatib borib tahorat qilib kelib peshinnig farzidan boshlaydimi? Axir sunnatni o‘qib bo‘lgandiku yoki namozni boshidan ya’ni sunnatidan boshlaydimi? 2). Musulmon bo‘lmagan g‘ayri dinlarning voyaga etmay o‘lgan farzandlarining ahvolini faqat Alloh biladi debsiz. Voyaga endi etgan, hali din haqida tasavvurga ega bo‘lmaganlarinikichi? 3). Tavhid xabari etib bormagan qavmlar insonlar qiyomat kuni ular Allohga agar bizga ham seni dining payg‘ambaringning xabari kelganda iymon keltirardik deyishadi. Alloh ularga o‘sha qiyomatning o‘zida payg‘ambar yuboradi o‘sha pag‘ambar kim Allohga iymon keltirgan bo‘sa do‘zaxga tushsin deydi o‘shanda iymon keltirib do‘zaxga tushgani tushadi tushmagalariga esa Alloh sizlar hali o‘limni totib qayta tirilib qiyomatni ko‘rib payg‘barni jannat va do‘zaxni ko‘rib hali meni huzurimda turib iymon keltirmadilaring o‘shanda dunyoda bo‘lganlaringda ham shunday bo‘lardi deb iymon keltirib do‘zaxga kiganlari jannatga iymon keltirmay do‘zaxga kirmay jannat deb kirganlari do‘zax bo‘larkan shu to‘rimi chunki men tavhid etib bormagan qavm va insonlar hayvonlar kabi haqlar berilgandan so‘ng ularga endi tuproq bo‘ling diyiladi deb eshitgandim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Farzidan boshlaydi. 2). Ahli fitrat, ya’ni payg‘ambarlar etib bormagan joylar, vaqtlardagi kishilar va aqli zaif kishlar qiyomatda imtihon qilinai deyilgan. Imtihonni ba’zilar unday va ba’zilar bunday bo‘ladi deyishgan. Haqiqatini Alloh biladi. Hozirgi kunda esa din kirib bormagan joy, xonadon va u haqida eshitmagan inson qolmadi. Vallohu a’lam!
3 May 2022, 06:18 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar