Qarz berish bermaslik

Assalomu alaykum! Men akamning qo‘lida magazinda ishlayman. Ya’niy magazinda kassaada kun davomida man javob beraman. Haridorlar ko‘p yonimga qarzga oziq ovqat mahsulotlarini so‘rab kelishadi kimnidur puli uyda qolib ketgan bo‘sa kimgadur oylik maoshi chiqmagan kimdur oilasiga oborishi kk shunday qilib juda ko‘p bahonalar bilan kelishadi. Ularning ko‘pchiligiga olib kelib beraman degani uchun akamning qarzga berma degan gapiga qaramasdan olib kelib beradi deb qarzga berganman ulardan ba’zilari olib keb berishdi ba’zilari bermay ketishdi. Nima bo‘lgandaham man akamning molini qarzga berganman qiyomat kunida bu qarzga berib ololmaganim un men ham qarz olganham javob berishi bor. Boshlig‘im akam bo‘lsaham man oddiy ishchiman shuning un qanday vaziatdaham boshlig‘imni aytganini qilib qarzga bermasligim kerakmi yoki og‘ir vaziatda qolganlarga olib keb beraman degan gapiga ishonib qarzga bersam bo‘ladimi? Lekin man kim rost gapiryabdi kim yolg‘on deyarli ajrata olmayman, o‘zini nochorga solib mandan qarzga narsa olib ketgan ba’zi odamlar qaytib kelmadi, va man uchun bu akamning ruxsatisiz qarzga berib ololmagan pullar un qiyomatda javob berishim qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mulk egasining ruxsatisiz bergan narsangiz sizning zimmangizda bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:54 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar