Echinish gunoh bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Ziyo.uz saytidan ko‘rib qoldim er xotin birga bo‘lgan paytlarida echinib ya’ni yalang‘och xollarida qo‘shilsa gunoh bo‘lmaydimi degan savolga ular er xotini bilan kiyimlarini echmay qo‘shilishi ma’qul emas. Zero, bu holda istaganidek to‘la lazzat ololmaydi. Er-xotinning ikkisi ham qo‘shilishdan oldin to‘la echinsa, yaxshi bo‘ladi. Chunki ular bir-birlarining hamma a’zolariga, jumladan, jinsiy a’zolariga ham qarashlari mumkin. Bunda gunoh yo‘q. Shunday deb javob berganlar. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ustiga choyshab tashlab olsin.عن أبي هريرة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : إذا أتى أحدُكم أهله فليستتر , فإنه إذا لم يستتر استحيت الملائكة فخرجت , فإذا كان بينهما ولد كان للشيطان فيه نصيب  .رواه الطبراني في " المعجم الأوسط Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Birortangiz ahliga yaqinlik qilganida to‘sinib olsin. Chunki to‘sinmasa farishtalar hayo qilib chiqib ketishadi. Agar oralarida farzand paydo bo‘lsa, unda shaytonning nasibasi bo‘ladi” dedilar. Tabaroniy rivoyati. عن أبي أمامة رضي الله عنه قال : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : إذا أتى أحدكم أهله فليستر عليه وعلى أهله , ولا يتعريان تعري الحمير. رواه الطبراني  Abu Umoma roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi :  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Birortangiz ahliga yaqinlik qilganida o‘zini va ayolining ustini yopsin. Eshakning yalang‘och bo‘lgani kabi yalang‘och bo‘lib olishmasin” dedilar. Tabaroniy rivoyati. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:54 | Savol-javoblar | 172 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar