Ro‘zador ko‘ziga dori

Assalomu alaykum! 5 vaqt namozimni o‘z vaqtida ado etishga harakat qilaman, ro‘za tutyapman. Savolim shundan iboratki 2 hafta oldin ko‘zimdan operatsiya bo‘lgan edim, shifokorlar operatsiyadan keyin 1 oy davomida ko‘zga tomiziladigan dori tayinlagan. Agar ko‘zimga tomchi dori tomizsam tutgan ro‘zam qabul bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hanafiy mazhabi bo‘yicha ro‘za ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 15:57 | Savol-javoblar | 141 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar