Suitsid

Assalomu alaykum! Men bermokchi bo‘lgan savol, oldingilaridan farqliroq, shuning uchun mazmuniga e’tibor berishingizni iltimos qilaman. Xozirgi kunda, nafaqat xozirgi kunda balkim avvaldan bizni xududda, ya’ni Angren shaxrida, asosan musulmon oilalarda, yoshi va jinsiga bog‘lik bo‘lmagan xolatda o‘z joniga qasd qilishning «o‘zini osish» kabi turi juda ko‘p uchraydi. Nisbatan olinganda xam bu ko‘rsatgich anchagina yuqoridir. Shu xolatni nimadan deb bilish mumkin. Bu xolatning sababi, bu xaqida shariatdagi asos va omillar, buni oldini olish yo‘llari, nega ilm axllari bunday xolatlarga bee’tiborligi xaqida. O‘zini osgan odamga janoza o‘qimasliklari va qabrga qo‘yishdan bosh tortilishi xaqida doim eshitamiz. Lekin aynan buning sababi va boshqa mo‘min musulmonlarni bundan ximoyalash xaqida xamma jim. Xali xayotni tushunmagan yosh bolalardan tortib, yoshi bir joyga kelgan qari insonlargacha shu xolatga kelishganini guvoxi bo‘ldik. Demak buning sababi faqatgina insonni xayotdan to‘yishi emasdir. Iltimos shu masala yuzasidan ma’lumot bersangizlar. Alloh xammamizdan rozi bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Buning asosiy sababi o‘sha joyning maktabdarida yoshlikdan boshlab inosnlarga diniy ta’lim berilmayotganidir. Ko‘p yoshlar u erning aholisini ko‘pini zino bilan mashg‘ul deb ham aytishadi. Buning qanchalik rost yoki yolg‘onligi sizlarga ma’lum. Kasalga tuzatuvchi dorini bermasdan boshqa har qanday muomala qilsa ham baribir tuzalmaydi. U kasallikning yagona dorisi diniy ta’limni joriy qilish. Yoshlarni masjidga targ‘ib qilishdir. Kim bunga to‘sqinlik qilsa o‘sha odam o‘zini o‘ldirganlarning gunohidan nasibador bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:55 | Savol-javoblar | 162 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar