Shirkmi kufirmi vasvasami bilmay qoldim
Assalomu alaykum! Men shu muammolarim bilan anchadan beri kurashib kelmoqdaman tushuntirishim qiyin ammo xarakat qilaman, men avvalari nomoz o‘qiganimda Allohni tanir edim juda iymon bilan nomoz o‘qir edim lekin men xozirda Allohni tanishim biroz qiyinroq buni ko‘p ustozlardan so‘radim bu shayton vasvasasi deyishdi ammo vasvasaga o‘xshaydimi yo‘qmi bunisini bilmadim go‘yoki qalbimdagi iymonni shayton o‘g‘irlab qo‘ygandeq yaqinlarim Alloh rozi bo‘lsin yoki shunga o‘xshash Allohga shukur yoki shunga o‘xshash go‘zal so‘zlar aytishsalar biroz g‘alati xolat xis qilaman. Men avvallari vasvasa bo‘lsa etibor qaratmas edim ammo bir vaqti shirk xayolni qasddan o‘ylab qo‘ydim juda xam qattiq yomon xolatga tushgan edim keyn bunga tovba qilgandim undan keyn yana bir bor shirkni qasddan o‘ylab qo‘ydim keyin tovba qildim bora bora bu shirk qandaydir odatiy doyimiy xolatga o‘xshab qoldi xozir men ancha g‘aflatda qolib qalbim qorayib ketti gunox ustiga gunoxlar ko‘payib nomozlar xam qolib ketti ancha <tushkunlikka tushib qoldim> barcha ishlarim, o‘qishlarim orqaga ketti xar taraflama tamom bo‘ldim. Xayollarim xaqida xatto aytishga xam qo‘rqaman nima deyishga xayronman. Men xozir Allohga ibodat qilsam yani nomoz o‘qisam o‘rtaga shayton tiqiladi shunday xolatlar bo‘ladiki oddiy nomoz o‘qishga qiynalib ketaman. Qibladan boshqa taraflarga u bu ish qurollarini olish maqsadida egilsam yani egilib narsa olsam xayollarimda sen boshqa tarafga qarab bosh egding degan bo‘lmag‘ur vasvasalar keladi. Shulardan qutula olmayman yana namozda Allohu akbar deb egilsam xayolimga turli shaytoniy fikrlar keladi keyn lanati shayton sen shaytonga egilding degan xayollar keladi men fakat Allohga egalamanku. Bu xayollar bilan kurashaverib iymon lazzatini xech topolmadim. Yagona Allohga ibodat qilamanku lekin bazan dindan chiqdimmi dep qo‘rqaman. Boshqa yo‘lga yoki dinga o‘tib qomadimmi dep qo‘rqaman bu vasvasami yoki yo‘qmi bunisini bilmadim. Lekin men fakat Allohga ibodat qilamanku, xozir namoz o‘qishga xam qo‘rqib qoldim xyolimda qasddan shirk keltrib qo‘yishim mumkin deb, nixoyatta charchab ketdim kurashaverib shayton lanati bizga egilyapsan deb vasvasa qilayabdi. Men shularga qarshi kurashib kelyabman ancha vaqtdan beri, axvolim juda og‘ir Allohga duo qiley disam duo xam qilolmayman vasvasa tufayli Allohga duo xam qilolmayabman qiynalib kettim nima qilishimni xam bilmey, juda yomon axvoldaman buni sizlarga yozaman degunimcha kallamni olsam shu menga osonroq bo‘lardi, iltimos ustozlar yo‘l ko‘rsatib yuborsalaringgiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz kurashmang, aksincha Au’uzu billaahi minashshaytonir rojiim deb ko‘p ayting. Oddiy bir inson sizni kurashga chaqirsa yo‘q deya olasiz. Xuddi shuningdek shayton ham har xil gaplarni gapirsa parvo qilmang. Istig‘forni ko‘p ayting. Shukurki Alloh sizni bu xayollaringizni gunoh deb hukm qilmay shayton vasvasasi deb hukm qildi. Bu xayollar bilan siz qiyomatda azobga duchor bo‘lmaysiz. Istig‘forni ko‘p ayting. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz kurashmang, aksincha Au’uzu billaahi minashshaytonir rojiim deb ko‘p ayting. Oddiy bir inson sizni kurashga chaqirsa yo‘q deya olasiz. Xuddi shuningdek shayton ham har xil gaplarni gapirsa parvo qilmang. Istig‘forni ko‘p ayting. Shukurki Alloh sizni bu xayollaringizni gunoh deb hukm qilmay shayton vasvasasi deb hukm qildi. Bu xayollar bilan siz qiyomatda azobga duchor bo‘lmaysiz. Istig‘forni ko‘p ayting. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:02 | Savol-javoblar | 143 | Turli savollar