Islom tarixi kitobidan
Assalomu alaykum! Shayx Hazratlarining "Islom tarixi" kitoblarida birinchi kitob 440-betda aytilgan ma’lumot bo‘yicha savolim bor. 《Qarilik nafaqasini joriy qilish Islomda bugungi kunda "qarilik nafaqasi" deb nomlangan nafaqaning joriy bo‘lishiga ham aynan g‘ayrimusulmon fuqarolar sabab bo‘lishgan. Bu borada Islom shariatining g‘ayrimusulmon fuqarolarga bo‘lgan roiyasidan musulmon fuqarolar ham foydalanib qolganlar desak, mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz.》 Ushbu keltirilgan ma’lumotda "musulmon" va "g‘ayrimusulmon" so‘zlarining o‘rni alishib qolmaganmi? Chunki bunday keyingi matnlardan bu ishni musulmonlar joriy qilgani tushuniladi. Shu masalaga oydinlik kiritib bersangizlar. Alloh yaxshilik ila mukofotlasin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U erda to‘g‘ri keltirilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 147 | Siyrat va tarix
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U erda to‘g‘ri keltirilgan. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:13 | Savol-javoblar | 147 | Siyrat va tarix