Juma namoziga borish

Assalomu alaykum! Gap shundaki, juma namoziga borishim kerak edi ammo o‘sha kuni boshlig‘im meni odatdagi xizmat yuzasidan ishimni tekshirib tavtish o‘tkazish uchun ishga kelyaptilar, ish payti 9:00 dan to 14:00 yoki 15:00 gacha yonimdan bir qadam xam jilmay ishimni kuzatib va xar ishni bajargandan keyin savol ustiga savol yog‘dirib talab qiladilar bu xolat kun bo‘yi davom etib xar oyda 2 marta bo‘ladi. Ishni vaqti malum chegaralanganligi bois uni boshqa soatga xam ko‘chirib bo‘lmaydi va ish joyida ekanligimiz xaqida qo‘limizdagi planshetda GPS ishlayotgani sabab ishdan chiqib ketilsa xam bilinib qoladi va savolga tutilaman. Boshlig‘im namoz o‘qimaydi, o‘qishni xam bilmaydi, lekin o‘zi yaxshi odamu ammo jumaga borishga ruxsat yo‘q deydi, ish nima bo‘ladi deb baxona qiladi, oylik to‘lanyapti. Axir xalollab olish kerak deydi, jumaga olib boray desam xuddi qo‘yni bo‘yniga arqon solib so‘yish uchun tortkilangan qo‘ydek qo‘rquv bilan qaraydi. Iltimos men boshlig‘imga qanday javob aytay? Iloji bo‘lsa so‘zma so‘z yozib bering, to‘g‘ri tushuntirishga xarakat qilaman. Agar jumaga borsang ishdan bo‘shab ketaver desa nima chora qilay? Iltimos maslaxat beringlar!? Boshlig‘imni yana bir odati doim odamlarsha yaxshilik qilish kerak deb gapiraveradi. Balki bu ma’lumot foyda berar sizdan maslaxat uchun. Men arosatda qoldim. Xar doim jumani qoldirmay boraman. Ammo endi tekshirib tavtish o‘tkazish boshlandi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mo‘htaram boshliq, Alloh sizdan rozi bo‘lsin. O‘zingiz musulmon ekansiz, siz ham jannatni orzu qilasiz. Allohim bu orzuingizni ro‘yobga chiqarsin. Qo‘l ostingizdagi zimasiga juma vojib bo‘lganlarni jumadan to‘smang. Bu sizga yaxshilik qilishingizga berilgan imkoniyat, foydalaning. Jumasining savobidan, jumada qiladigan duolaridan bahramand bo‘ling. Quyidagi oyatga tushib qolgan kishi bo‘lishdan qo‘rqing. Mansabingizdan yaxshilikka foydalanib qoling. Alloh taolo "A’rof" surasida marhamat qiladi:   وَنَادَى أَصْحَابُ الْجَنَّةِ أَصْحَابَ النَّارِ أَن قَدْ وَجَدْنَا مَا وَعَدَنَا رَبُّنَا حَقًّا فَهَلْ وَجَدتُّم مَّا وَعَدَ رَبُّكُمْ حَقًّا قَالُواْ نَعَمْ فَأَذَّنَ مُؤَذِّنٌ بَيْنَهُمْ أَن لَّعْنَةُ اللّهِ عَلَى الظَّالِمِينَ۝ 44. Va jannat sohiblari olov sohiblariga: «Robbimiz bizga va’da qilgan narsaning haq ekanini topdik. Sizlar ham Robbingiz va’da qilgan narsaning haq ekanini topdingizmi?!» – deb nido qiladir. Ular: «Ha!» – derlar. Bas, ularning o‘rtalarida bir jarchi jar soladir: «Zolimlarga Allohning la’nati bo‘lsin. الَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ اللّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا وَهُم بِالآخِرَةِ كَافِرُونَ۝ 45. Ular Allohning yo‘lidan to‘sadigan, uning qing‘ir bo‘lishini istaydigan va oxiratga kofir bo‘luvchi kimsalardir»
Sizni sofdil inson ekanligingizni aytishdi. Biz ham duo qilamiz, Allohim martabangizni ulug‘ qilsin. Bu ishingiz dunyoda ham oxiratda ham aziz bo‘lishingizga sababchi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 176 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar