Tirikchilik uchun qurulishda ishlasak

Assalomu alaykum! Bir joyda ishlasa va sheriklari namoz o‘qishlikga norozi bo‘lishsa qolganlarni haqini eganga o‘tib ketadimi yoki namozni jamlab xuftondan qiyin o‘qisam maqulmi? Qolganlardan kam ish qilayabmizku. Shunday vaziyatda nima ish qilish kerak? Ularga misol keltirish uchun ham biror hadis keltirilganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Namozni vaqtida o‘qish kerak. Rizq faqat ishlash orqali emas, ham ishlab ham Allohdan so‘rashlik bilan bo‘ladi.  حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ، قَالَ: حَدَّثَنَا أَبُو دَاوُدَ الطَّيَالِسِيُّ، قَالَ: حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ سَلَمَةَ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، قَالَ: كَانَ أَخَوَانِ عَلَى عَهْدِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَكَانَ أَحَدُهُمَا يَأْتِي النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، وَالْآخَرُ يَحْتَرِفُ، فَشَكَى الْمُحْتَرِفُ أَخَاهُ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: لَعَلَّكَ تُرْزَقُ بِهِ  Bizga Muhammad ibn Bashshor hadis aytib berdi.  U dedi: «Bizga Abu Dovud Tayolisiy hadis aytib berdi». U dedi: «Bizga Hammod ibn Salama hadis aytib berdi». U Sobitdan,
Anas ibn Molik dan rivoyat qilinadi: 
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning davrlarida aka uka bo‘lib, ulardan biri Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelar, ikkinchisi esa hunar bilan shug‘ullanar edi. Hunar bilan shug‘ullanuvchisi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga ukasidan shikoyat qildi. Shunda u zot: «Ehtimol sen o‘sha ukang sababli rizqlanayotgan bo‘lsang kerak», dedilar. (Sunan Termiziy). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:05 | Savol-javoblar | 152 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar