Baqirib yig‘lash

Assalomu alaykum! Biror yaqin insoni dunyodan o‘tganda odamlar baqirib chaqirib yig‘lashadi. Shunaqa qilib yig‘lash joizmi? Agar joiz bo‘lmasa bu xaqda biror hadis keganmi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadis bor. عَنْ أَبِي مُوسَى رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَمَّا أُصِيبَ عُمَرُ رَضِي اللهُ عَنْهُ جَعَلَ صُهَيْبٌ يَقُولُ: وَا أَخَاهُ، فَقَالَ عُمَرُ: أَمَا عَلِمْتَ أَنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: إِنَّ الْمَيِّتَ لَيُعَذَّبُ بِبُكَاءِ الْحَيِّ. وَفِي رِوَايَةٍ: إِنَّ الْمَيِّتَ يُعَذَّبُ بِبَعْضِ بُكَاءِ أَهْلِهِ عَلَيْهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Umar roziyallohu anhu musibatga uchraganida Suhayb:
«Voy birodarim!» deb yig‘lay boshladi. Shunda Umar:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, mayyit tirikning yig‘isi ila azoblanadi», deganlarini bilmaysanmi?» dedi».
Boshqa bir rivoyatda:
«Albatta, mayyit unga o‘z ahlining ba’zi yig‘isi ila azoblanadi», deganlar.
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Hazrati Umarni Abdurrahmon ibn Muljam pichoqlab tashlaganida, o‘lim oldida yotganlarida bo‘lib o‘tgan bu hodisadan ham o‘likning o‘z ahlining ba’zi yig‘isi tufayli azoblanishi tushuniladi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:06 | Savol-javoblar | 127 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar