Rahm va rahmat

Assalomu alaykum! Xar bir dunyoga kelayotgan go‘dakka nazar solinganda unga qandaydir rahmat nazari bilan qaraladi. Bu dunyodan foniy dunyoga ketayotgan xar bir insonga u xox musulmon xox boshqa din vakili yaxshi yoki yomon bo‘lsa xam barii bir g‘arib bir axvolga tushadi. Ko‘rib rahmingiz keladi. Ushbu holatda nima hikmat bor?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shuning uchun shariatimiz yangi tug‘ilgan musulmon bolaga nima qilish kerak, qanday duolar o‘qish kerak, dunyodan o‘tgan musulmon kishiga qanday muomalada bo‘lishi kerakligini batafsil bayon qilgan. U amallar “ism qo‘yish”, “aqiyqa”, vafot qilgan musulmon uchun “g‘usl”, “kafan”, “janoza” va “dafn” kabi nomlar bilan nomlangan.  Ikki holat ham zaiflikdan iboratligi eng katta hikmatdir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 06:04 | Savol-javoblar | 135 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar