Namozga kechikish
Assalomu alaykum! Xufton va Taroveh namozlarini o‘qish uchun Xoja Alambardor masjidiga chiqmoqdaman. Bir kuni Xuftonning 4- rak’atiga etib borib namozga qo‘shildim, shunda imom salom berganda, men o‘rnimdan turib, yana 2 rak’at o‘qidim, so‘ng o‘tirib Attahiyatni o‘qib yana qiyomga turdim, keyin 1 rak’at yana o‘qib qa’dada to‘liq o‘tirib salom berib, namozni yakunladim. Lekin atrofdagilar so‘ngi salomdan keyin turib 1 rak’at o‘qib, so‘ng o‘tirib attahiyot o‘qib, keyin yana 2 rak’at o‘qib, qa’dada to‘liq o‘tirib namozlarini tugatishdi. Birinchi marta jamoat namoziga kechikishim bo‘lgani uchun namozni bu tarzda ilk marotaba o‘qidim, menimcha xatoga yo‘l qo‘ydim. 1. Shu o‘qigan Xufton namozim durustmi? 2. Tarovehning vaqti Xuftondan keyin kirishi sababli, agar o‘qigan xuftonim durust bo‘lmasa, u holda o‘qigan taroveh namozim ham durust bo‘lmay, shunchaki nafl ibodat bo‘lib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yoningizdagilar to‘g‘ri qilishgan. Sizni namozingiz tarki vojib bilan ado bo‘lgan. Qayta o‘qilmaydi. Taroveh ham durust. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:58 | Savol-javoblar | 154 | Namoz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yoningizdagilar to‘g‘ri qilishgan. Sizni namozingiz tarki vojib bilan ado bo‘lgan. Qayta o‘qilmaydi. Taroveh ham durust. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:58 | Savol-javoblar | 154 | Namoz