Amallarim qabul bo‘lmaydimi

Assalomu alaykum! Yoshim 19 da ismim otabek. Yaqinda instagramda o‘tirganimda 1 videoni ko‘rib qoldim u videoda kimki Allohga shukur qilib ota onaga shukur qilmasa qilgan savob amallari o‘tmaydi. Allohga shukur qilganday ota onaga ham shukur qilish kerak deyilgan. Men mana esimni taniganimdan beri ota onam va opachamni zulmida yashayman. Onam sal narsaga urish janjal qilib ora orada yo‘q joydan g‘urbat qib urush chiqaradi ko‘chada har hil qiliqlar va gap so‘zlar bilan oilamizni sharmanda qiladi. Ko‘chada, shaxar va omaviy joylarda onam bilan yurishga uyalaman har hil qiliq va gaplar qilganda er bilan bir bo‘b ko‘pchilikni oldida sharmanda bo‘laman. Uyda esa bazida meni abdasta (obtava bazi joylarda qumg‘on deyiladi) va har hil temir matoxlarda meni qattiq urib, agar men ayb qilmaganimni so‘z bilan aytmoqchi bo‘sam "jim gapirma so‘yib tashlayman" va shu kabi gaplar bilan og‘zimni yopadi. Agar yana ona men nima qildim hech bo‘lmasa sababini ayting desam "qooooooooch qooooooooch bo‘lmasam qo‘limga ilingan narsani otaman" deydi bazida otadi ham temirmi, toshmi, uchqir narsami farqi yo‘q otaveradi va tegsa o‘sha joyim anchagacha ko‘karib yuradi. Har hil so‘zlar bilan haqorat qiladi shaxsiyatimga tegadi. Uydagi sirlarni o‘zi dugana qivogan ayollarga gapirib beradi, "aya uydagi gaplarni tashqarigan tashimang" desam foydasi yo‘q baribir qilaveradi. Yana "Aya hamma bergan azobiylardan charchadim meni o‘ldiringlar hammasidan to‘ydim" desam "Biz seni ota onangmiz hohlaganimizni qilishimizga haqqimiz bor hatto ota ona farzandini o‘ldirishgayam din ruxsat bergan" deydi. Men "aya noto‘g‘ri gapiryapsiz dinimizda farzand cho‘kib o‘lsa ham ohiratda ota javob beradi deyilgan" desam onam "o‘chir ovozingni, padaringa millon lanat men sendan aval tug‘ilganman nima noto‘g‘riyu nima to‘g‘riligini sendan yaxshi bilaman" deydi. Oilamizda dinimizni mendan boshqa hamma umuman tushunmaydi. Otam ham onam ham opacham ham xaromni halol deyaverishadi va dinimizga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni ko‘p qilishadi. Otam onamni quli onamga qattiq gapirolmaydi so‘zlarini o‘tkizolmaydi. Xaromni xalol, gunoh ishni savob deyveradi. Otamga ham "bu gaplariz noto‘g‘ri" desam u ham "men ko‘p narsani bilaman nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘ri sendan yaxshi bilaman" deydi. Bazida birga ishlaydigan odamlar bilan bizni uyda o‘tirish qilishadi aroq, vino, piva ichib, go‘shti harom qilingan hayvon go‘shtlarini eyishadi va meni oldilariga chaqirib "ma sen ham ich yoki ma eb ol shifo bo‘ladi" deyishadi. Men "emayman ham ichmayman ham pivo, vinolaringni, desam dadam ham do‘stlari ham "senam erkakmisan" va shu kabi so‘zlar bilan so‘kinishadi. Majburlab edirib majbur qib ichirgan vaqtlari ham bo‘lgan. Otam tanishlari bilan o‘tirganda aval begona ayollar bilan qilgan zino ishlarini va qay holatda qilganigacha aytib o‘tiradi. Opacham men o‘tgan yili davolanishim uchun yig‘gan 20 milliondan oshiq pulni o‘zini va erini ehtiyojlari yo‘lida yo‘q qilib yubordi va u ham men bolaligimdan beri har hil yo‘llar bilan ho‘rlaydi. Opacha bu meni pullarim men bu pullarga davolanmoqchi edim desam ota onamga etkazib borgan va bari bir ota onam bu katta pulni opachamga meni qarshiligimga qaramay berib yuborishdi. O‘sha kungacha hayotdan to‘yib ketgandim opcham 20 millionni yo‘q qivorganidan beri battar hayotdan to‘ydim Allohdan har huni o‘limimni so‘rayman. Mana yarim yildan beri kasaligimni davolotolmadim 13 millonga davolatsa bo‘larkan Opchamdan "hech bo‘lmasa 13 millionni qaytaring bu meni halol pullarim" desam opacham "bu pullarni menga ota onam bergan sen ishlab topganing bilan ota onam menga bergan senmas" deydi "ahir bu pullarni bahor va yoz oylarida qiynalib topganman" desam "bu yil yana topasan" deydi. Pochcham (opachamni eri) pochcham dayus, g‘ururi yo‘q odam uni ham hayotdan to‘yishimga hissasi bor. Ichkuyovdan farqi yo‘q o‘zini uyiga kam boradi. 1 yilni 9-10 oyini bizni uyimizda o‘tkazadigan. hullas kelin tomonni puliga yashaydigan odam. Ichadi chekadi, garov o‘ynaydi. pochcha garov o‘ynash harom desam "menga harom bo‘sa ham yoqadi” deydi. Hattoki 3 - 4 yoshli jiyanlarimni ham harom narsa eb ichishga o‘rgatadi. Ota onamga imomlarni ham na bir boshqa din ulamolarini to‘g‘ri yo‘lga chaqirgan gaplari ham foyda bermagan, hop dep yana o‘z yo‘lidan ketishadi. Menimcha butun dunyodagi eng katta islom tashkiloti imom va ulamolari gapirsa ham foyda bermaydi. xo‘rliklardan charchadim, bazida o‘zimni o‘ldirgim keladi, lekin nargi dunyodagi javob berishimdan qo‘rqib o‘zimni bosaman. Hozir bu gaplarni ho‘rlikda yig‘lab yozib o‘tiribman. Bu hayotdan to‘ydim. iltimos yana dardini gapiryapti deb o‘ylamang. savolim shundayki shu holatda nomoz o‘qiganim yoki savob qilgan ishlarim qabul bo‘lmaydimi? O‘sha videoni ko‘rganimdan keyin shu paytgacha qilgan savob amallarim qabul bo‘lmaganmi degan savol tug‘uldi. ahir ota onamni bunaqaligiga men aybdormasmanku 2. O‘zimni tana azolarimni misol yurak, o‘pka, buyraklar, jigar qon va boshqa tana azolarmini boshqa bir bemor odamlarga qoldirib (donorlik qilib) o‘lsam nargi dunyoda o‘z joniga qasd qildi degan manoda gunohkor bo‘lib qolmaymanmi bunday o‘lim o‘zini o‘ldirishga kirmaydimi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz shu holatingizda mazlum ekansiz. Alloh taolodan unday zolimlarning qo‘lidan qutilish, chiroyli bir oila qurish hamda sizdan boshlab paravozni harom tomonga olib ketuvchi relsdan jannatga olib boruvchi relsga o‘tkazib qo‘yishini qattiq so‘rang. Shak-shubhasiz Alloh bunga qodir. O‘lganingiz bilan o‘zingizni abadiy do‘zaxga tshlashdan boshqa narsan topmaysiz. Undan ko‘ra imkoinini qilib u oiladan chiqib keting. Hech kim bilmaydigan joylarda chiroyli hayot qurishga harkat qiling. Musulmon bunaqangi bo‘sh bo‘lmaydi. Ajriq kabi ezilsa ham tirilib ko‘karib ketishga harakat qiluvchi bo‘ladi. Hargiz joningiga qasd qilmang, abadiy do‘zaxda qolasiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:14 | Savol-javoblar | 130 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar