Hayvonni bozorga semirtirib olib chiqish

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda juda ko‘p uchramoqda ya’ni hayvon bozorga borsangiz yosh hunajinlarni qassobga sotish maqsadida semirtirib olib borishyapti. Muqaddas dinimizda bunga qanday qaraladi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Tug‘ishga yaqin qolgan molni so‘yish makruh deyilgan. Homilasi 1-2 oylik bo‘lsa makruh emas. Insonlarga hukm boshqa hayvonlarga boshqa bo‘ladi. Masalan insonni naslini qirqib bichish harom amal hisoblanadi. Hayvonlarda esa joiz. hatto Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qubonlikka bichilgan qo‘yni so‘yganlar. Bichishda hayvonning semirishi va go‘shti shirin bo‘lishi bor. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 04:50 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar