Mir bilan Alloh ismlarini qo‘shish
Assalomu alaykum! Yaqinda Insha Alloh akam farzandli bo‘ladilar, bizning ismlarimiz Mir jumlasi bilan boshlanadi, farzandlarga Mir jumlasiga Alloh ismlarini qo‘shib (Mirxoliq, Mirbosid) ismlar qo‘ysa bo‘ladimi? Bu bolani do‘stlari chaqirganda qisqartirib Xoliq yoki Bosit deb chaqirib qolishligini o‘ylab ikkilanib qoldik, shu kabi ismlarni qo‘ysak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohning ismlaridan joizlarini qo‘ysa bo‘ladi. Afzali boshiga Abd qo‘yishmchasi bilan ism qo‘yish kerak. Sizlar hadis sharifga amal qilinglar. عَنْ أَبِي وَهْبٍ الْجُشَعِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: تَسَمَّوْا بِأَسْمَاءِ الْأَنْبِيَاءِ، وَأَحَبُّ الْأَسْمَاءِ إِلَى اللهِ عَبْدُ اللهِ وَعَبْدُ الرَّحْمَنِ، وَأَصْدَقُهَا حَارِثٌ وَهَمَّامٌ، وَأَقْبَحُهَا حَرْبٌ وَمُرَّةُ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. وَاللهُ أَعْلَى وَأَعْلَمُAbu Vahb al-Jusha’iy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Anbiyolarning ismlari ila nomlaninglar.
Alloh uchun ismlaringizning eng mahbublari Abdulloh va Abdurrohmandir. Eng sodiq ismlar Horis va Hammamdir. Ismlarning eng qabihi Harb va Murradir», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar. Alloh oliy va bilguvchidir.
Sharh: «Horis» – kasb qiluvchi, «hammam» – ahamiyat beruvchi, «harb» – urush, «murra» – achchiq degani.
O‘tgan hadisi shariflardan yaxshi ismlar uch darajaga bo‘linishi ayon bo‘lmoqda:
1. Alloh taologa bandalik va hamd ma’nosini anglatuvchi Abdulloh, Abdurrohman, Abdurrohim, Abdussalom, Hamidulloh, Azizulloh kabi ismlar.
2. Anbiyolarning ismlari. Muhammad, Ahmad, Ibrohim, Ishoq, Yusuf kabilar.
3. Ezgulikni aks ettiruvchi hamda o‘tgan azizlardan qolgan yaxshi ismlar. Sahobai kiromlar, mashhur imomlar va Horis, Hammom kabi ismlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Sentabr 2022, 23:29 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar