Ajrashsam bo‘ladimi?
Assalomu alaykum! Men turmushga chiqqanman. 2 farzandning onasiman! Yoshim 23 da. Turmush o‘rtog‘imga yaxshi ko‘rib tegmaganman. Lekin to‘ydan keyin u kishi ham men o‘ylagan inson borib chiqmadi. Nikohimizning boshidanoq jinsiy aloqada katta talablar qo‘yib, o‘sha vaziyatda xunuk ishlar qilib, xunuk gaplar aytib meni o‘zlaridan yanada uzoqlashtirdi. Uni ustiga ichib kelib atayin asabimni egovlashni juda yoqtirardilar. Shu sabab ichishga ketgan kunlari ota uyimga borib yotib qolardim. 1-farzandim 6 oylik bo‘lganda yana ichgani ketdilar. Qaynota-qaynonam bilan turardik. Turmush o‘rtog‘im menga "Ishlaringni tugatib, kechga ota uyiga boraver" dedilar. Men ham ishlarimni tugatdim va qaynotamga o‘g‘lingizga ichishni tashla deb ayting. Sizga quloq soladilar. Juda bo‘lmasa tashlamasang oq qilaman deb qo‘rqiting deb iltimos qildim. Keyin ketdim. Yarim kecha turmush o‘rtog‘im ota uyimga mast holda eshik taqillatib keldilar. Vajohat bolan uyga yur dedilar. Bilishimcha bu kishi uyga borgach qaynotam "Xotining semi oq qil deb aytdi" deganlar. Man borishga qo‘rqdim. Mast holda zarar etkazishidan qo‘rqdim. Chunki u erda meni yonimni oladigan odam yoq edi. Dadam bilan akam bir amallab ko‘ndirib uyga qaytarib yubordilar turmush o‘rtog‘imni. Lekin ertasi kuni janjal kattalashib ketdi. Xo‘jayinim menga 3 taloqsan, 3 taloq qildim sani deb 3-4 marta baqirib aytib ketdilar. Oradan biroz vaqt o‘tgach farzandni etim qilmaslik uchun Domlolar bilan maslahatlashdik taloq masalasida. Bir domla bunday holda 1 taloq tushadi deb bizni nikohlab qo‘ydi. Hech qancha bo‘lmay xo‘jayinim yana ichib keldilar. Menga qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lganlarida onam kelib qoldilar uyimizga. Yana janjal bo‘lib ketdi. Men 1 xonada beshikdagi bolam bilan o‘tirgandim. Xo‘jayinim kelib shu xonadan shu uydan, umuman, shu xonadan chiqsang taloqsan dedilar. Men sal o‘tmay bu gapni unutib qo‘yibmanda, xonadan chiqibman. Ertasi kuni xo‘jayinim gaplarini tan olmadilar. O‘sha domlodan so‘rasak "Taloq tushmagan. Endi xo‘jayinizga bu gaplarni eslatib o‘tirmang" dedilar. 1-SAVOLIM: Domlaning taloq bo‘yicha bergan o‘sha fatvolari to‘g‘rimi? Shu bilan vaqtlar o‘tdi. 2-farzandim tug‘ildi. Xo‘jayinim farzandlarimni yaxshi ko‘rardilar. Lekin mendan doimiy norozi edilar. Nechi martalab onamga "qizizni olib keting, yana uylansammi?" Kabi gaplarni aytgan ekanlar. O‘zimga har qanday ayol ko‘ngli og‘riydigan gaplarni ko‘p aytardilar. O‘g‘lim katta bo‘lsa ajrashamiz derdilar ko‘p. Yaqinda yana janjal bo‘ldi. Ichishlari ko‘payib ketgandi. O‘sha kuni ham ichib kelgandilar. Menga ket, yo‘qol dedilar. Qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘ldilar. Ketsam 2 bolamni ham olib ketaman dedim. Ketaver dedilar. Keyin uxlab qolganlarida bolalarimni ham, narsalarimni ham olib ketdim. 1 hafta ichida sudga ariza berdim. O‘zlari ham birga bordilar ariza berishga. Ajrashasanmi ajrashamiz dedilar. Sud kuni esa ajrashmayman arizani qaytib olamiz dedilar. Man olmadim. Sud arizani 1 haftaga kechiktirdi. Man xo‘jayinim bilan uyga qaytdim 2 bolamni olib. Noiloj. 1 haftadan keyin borganimizda endi arizani ol dedilar. Man olmadim. Suddan muhlat so‘radim. Chunki oldingi safar uyga qaytganimda ham 1 oydan keyin yana janjal boshlangandi. Suddan chiqqach bu kishi "Hozir onangni uyiga borda, o‘ylab ko‘r. Agar uyga borsang 5 oy uydan chiqmaysan. Ota-onangni uyiga bormaysan. Keyin 5 oydan keyin ajrashamiz" dedilar. Shunday bo‘lsa ham man keldim. Alloh yo‘lida farzandlarim uchun keldim. Mendan gunoh o‘tmasin deb keldim. Hozir kelganimga 12 kun bo‘ldi. Haqiqatan ham uydan chiqqandim yo‘q. Bilasizmi? Men ayol kishi jannatga kirishi uchun erini rozi qilishi kerak, namozini o‘qib, ro‘zasini tutishi kerak degan gapni o‘qib, Allohdan qo‘rqdim. Do‘zahiy bo‘lishni istamayman. Jannatga kirishni, ota-onam boshiga toj kiydirishni istayman. Lekin hozir turmush o‘rtog‘imdan juda qattiq ko‘nglim qolgan. Qo‘l tekkizishiga bazur chiqmayman. Umuman xohlamayman qo‘li tegishini. Bu vaqtinchalik hol deb ham o‘ylamayman. 5 oylik muddat tugagach ajrashmoqchi bo‘lyapman. 2-SAVOL: Hozir turmush o‘rtog‘im ajrashmayman deyaptilar. Chunki bolalarini yaxshi ko‘radilar. Zero, boshqa ayolga uylanib qayta oila qurishga yillar ketadi. Lekin men ham bu kishi bilan yashab gunohga botyapman deb o‘ylayman. Bu kishi chaqirganda yoniga yo bormayapman yo o‘zimni qattiq majburlayapman. Shunday vaziyatda ajrashsam gunohkor bo‘lamanmi? Bolalarni otasiz qoldiganim uchun ham gunoh meni bo‘ynimda bo‘ladimi? O‘zim namoz o‘qiyman. Hijobdaman. Ota-onam ham iymonli insonlar. Akam borlar. Men o‘zimni aybim xo‘jayinim qikiqlariga chidolmay gap qaytarganlarim. Bizni janjallarimizdan bolalarimiz ham ancha zarar ko‘rdi. Bu gunohlarim uchun ham tovba qilaman. Javobingizni intizorlik bilan kutaman!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri fatvo bergan. Sizlarni qaytib birga yashashlaringiz joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:15 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Noto‘g‘ri fatvo bergan. Sizlarni qaytib birga yashashlaringiz joiz emas. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 16:15 | Savol-javoblar | 147 | Oila va turmush