Otaning majburiyati

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, shu kunlarda bir masjid imomi juma ma’ruzasida o‘g‘ilni uylantirish otaning vazifasi emas debdi. Axir biz shu kungacha o‘rgangan ta’limotlarimizda o‘g‘il uylantirish otaning asosiy vazifasi deb o‘rgatilardiku? Iltimos shu savolga aniklik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Imom to‘g‘ri aytibdi. Otaning vazifasi farzand balog‘atga etgunicha diniy va dunyoviy ta’limini berish va nafaqasini ado qilishdir. Qolgani farzandning zimmasiga bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:23 | Savol-javoblar | 213 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar