Xuftonni o‘qimaslik

Assalomu alaykum! Kundan kunga, yildan yilga iymonim susayib, shaytonni yo‘l yo‘rig‘iga tez ko‘nib qoladigan bo‘lib qolganman. Salkam 3 yildan beri xufton namozlarimni deyarli o‘qimiman. Faqatgina jamoat xuftoniga to‘g‘ri kelib qolganimda o‘qiyman, lekin mustaqil o‘zim o‘qimayabman. Xuftonni qazo qilishim menga juda kamdan tuyulardi. Lekin hisob kitob qilib chiqsam 3 yildan beri deyarli o‘qimas ekanman. Har kuni yarim tunda turib o‘qivolaman yoki bomdoddan oldin o‘qivolaman degan umidda yotaman. Lekin tunda uyg‘onaman shaytonga engilib yana uxlayman, keyingi holatda esa bomdod allaqachon kirgan bo‘ladi. Har kuni o‘zimga o‘zin bugun xuftonni o‘qiyman deymanu lekin o‘qimiman. Ustozlar iltimos iymonim uchun biror maslahat beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom luqmadan, gunoh ishlardan o‘zingingizni saqlan. Chunki bir necha insonlardan: “Bir gunohim tufayli falon, fuloncha muddat tahajjudga turolmadim” deganlari bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:32 | Savol-javoblar | 162 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar