Hijobimga erim rozi, onam esa norozi

Assalomu alaykum! Men bir yildan buyon hijob o‘rashni niyat qilib yurar edim. Allohga shukur mana bir hafta bo‘ldi hijob o‘raganimga. Erim va uydagilarim buni ko‘rib xurand bo‘ldilar, ota uyimdagilar norozi faqat otam rozilar. Onam, 3 ta akam va kelinoyimlar hammalari norozi. Men hijobimni echishni xohlamayman, onam echasan devotdilar. Menga to‘g‘ri maslahat beringizlar, bu vaziyatda nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qiyomatga yaqin ma’ruf(savobli, farz, vojib) ishlar munkar(gunoh) sanalib qoladi, munkar(gunoh, harom) ishlar esa ma’ruf sanalib qoladi degan ma’noda hadislar bor. Hozir o‘sha kunlar, ota-ona o‘z qizini avratini yopishini uyat sanashi, er o‘z xotinini avratini yopishini uyat sanab, o‘zgalarga ko‘rsatib yurishga majburlashi qaysi mantiqqa to‘g‘ri keladi? Alloh qalbingizni ochsin, ko‘p bor Muso alahissalomning quyidagi duolarini o‘qib yuring. Alloh taolo "Toha" surasida marhamat qiladi:  قَالَ رَبِّ اشْرَحْ لِي صَدْرِي۝ 25. U (Muso) dedi: «Robbim, mening ko‘ksimni keng qil. وَيَسِّرْ لِي أَمْرِي۝ 26. Mening ishimni oson qil. وَاحْلُلْ عُقْدَةً مِّن لِّسَانِي۝ 27. Tilimdagi tugunni echgin.  يَفْقَهُوا قَوْلِي۝ 28. So‘zimni anglasinlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:28 | Savol-javoblar | 146 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar