Emizikli ayol namozi

Assalomu alaykum! Homilador va emizikli ayollarda namoz o‘qish tartibi qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ayol kishi bunday paytda namozga eng muhtoj holatda bo‘ladi. Chunki bolani sog‘-salomat dunyoga kelib olishi yolg‘iz Alloh taoloning qo‘lida. Ko‘p namoz o‘qib so‘rash bilan esa bu narsa osonlashadi. Emizikli ayollar esa benamoz holatda sut emizsalar bolalari fosiq-fojir bo‘ladi. Chunki sut bilan nafaqat quvvat balki, mehr, onadagi taqvo ham o‘tadi. Namoz o‘qimagan ayol esa tabiyki janobatdan ham g‘usl qilishga erinadi, g‘usl qilmaganidan keyin hukmiy najosat hisoblanadi. Unday ayollardan farishta ham qochib jinlar yopishadi. Bu esa bolaga juda qattiq ta’sir qiladi. Bolani bokamol bo‘lishi uchun ona homilador va emizikli vaqtda Alloh taologa qattiq bog‘lanishi kerak. Bolani emizganida onaning tahorati sinmaydi, mabodo ro‘zador bo‘lsa bu bilan ro‘zasi ham ochilmaydi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:35 | Savol-javoblar | 164 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar