Qurbonlik go‘shtini tortib olish
Assalomu alaykum! 3580-savol-javobning 1-bandida qurbonlik uchun olingan hayvonni so‘yib keyin hayvonning narhini uning go‘shti vazniga qarab baholashni bo‘lmasligini aytibsizlar, ammo hayvonni tiriklayin tarozuga qo‘yib keyin uning go‘shtini chamalab turib go‘sht vaznidan kelib chiqib narhlanishini bo‘ladi degansizlar. Savolimni odobsizlikka yo‘ymaysizlar degan umiddaman. 1-savolga bo‘lmaydi deb aytilishi shariatning qaysi masdaridan olingan, biror bir olimning fatvosi yoki qaysidur kitobdanmi? Javob uchun oldindan tashakkur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qo‘y narxi kelishilmasdan, tayin bo‘lmasdan oldin egasining mulki bo‘ladi, sotib olmoqchi bo‘lgan kishining qo‘lida omonatida bo‘ladi. Omonat narsani qurbonlik qilish bilan qurbonlik ado bo‘lmaydi. So‘yilmasdan o‘lib qolsa kimni zarariga bo‘ladi va necha pul to‘lanadi? Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:40 | Savol-javoblar | 133 | Turli savollar