Sodiq Samarqandiy hafizahulloh faoliyatlari

Assalomu alaykum! Men birodarimizni hafizahulloh deyman. Chunki qilayotgan faoliyatlari bilibmi bilmaymi xalqni foydasini ko‘zlab qilayotgandurlar deb gumon qilaman. Ammo savollarga javoblaridan shuni ko‘ryapmanki bironta ham mazhabning fatvolari bo‘yicha javob berib ketmaydilar. Balki barcha mazhabda bu masalada nima deyilganligi haqida aytib o‘tib, so‘ng rojihi mana bu deb aytib ketadilar. Bu nima degani, yangicha mazhabmi? Kim uni rojih degan, barcha mazhablarni o‘rganib chiqib ularni ichida kuchliroq qovulni topib 5 mazhab yaratmoqchimi ular? Agar shundoq bo‘lsa ham buning nimasi yomon deydiganlarga nima deb javob berish mumkin? Buning xatari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kishi o‘zlarini imom Abu Hanifa, imom Shofe’iy, imom Molik va imom Hanbal rohmatullohi alayhimlardek ilmga egaman deb da’vo qilishlari yomon xolos. Aslida birini rojih birini marjuh deyishning o‘zi ham o‘zini gapi emas. Bu holat o‘zini o‘shalarga qiyoslashdan kelib chiqqan. Bu holvasi, insonlarni Allohni o‘ziga qiyoslab “Alloh arshning ustida o‘tiradi” deganlari ham bor. Vaholanki bu aqiyda, aqiydani isbot qilishi uchun kerak bo‘ladigan dalillar bilan sobit bo‘lmagan. Bir masalada bir mazhabning imomi o‘sha masalaning dalili sifatidagi hadisni rojih deb aytsa, boshqa bir imom uning ziddiga bo‘lgan hadisni rojih deb aytsa, ikkisini to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini ajratadigan odam u ikki imomdan ham ilmliroq bo‘lishi kerak. Yomon tomoni, bir kishi qon chiqsa tahorat ketmaydi deb bilsa, boshqasi qon chiqsa tahorat ketadi deb bilsa, tahorat ketadi degan kishining tahorat ketmaydi degan kishi orqasida turib iqtido qilish joiz bo‘lmay qoladi. Yana xotini “bir og‘iz bilan uch taloq desa uch taloq tushadi” deb bilsa, er “bir taloq tushadi” degan gapni olsa, domla qaysi biriga fatvo beradi? Xotin birga yashashi joiz bo‘lmaydida. Chunki xotin uch taloqni uch taloq deb biladi. Bu bir zarracha ixtilof, undan tashqari kelib chiqadigan rasvoliklarni cheki yo‘q. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 163 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar