Jannatdagi juft

Assalomu alaykum! Agar ayol kishi jannatiy bo‘lib jannatda o‘z eri bilan bo‘lishni xoxlamasa ayolga xam juft tanlash imkoni beriladi deb o‘qidim. Agar shunday bo‘lsa tanlanadigan insonlar ichida cheklov bormi ya’ni ayol tanlashi mumkin bo‘lmagan juftlar xam bormi? Misol uchun payg‘ambarlar? Ya’ni xar bir payg‘ambar o‘z ummatlariga otasidek bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan xolda shu savolni beryapman. Ya’ni otadek insonning jufti bo‘lishni so‘rash gunohmi? Umumiy qilib aytganda rasululloh sallalohu alayhi vasallamga jannatda juft bo‘lay deb duo qilish mumkinmi. Bir ma’ruzada eshitishimcha Maryam va Osiyo onalarimiz jannatda rasulullox sallalohu alayhi vassalamga jufti halol bo‘lar ekanlar. Shu sababli bir oz tushunmovchilikdaman. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bir nima qilib Allohning fazli bilan jannatga kirib olaveraylik. Shuni g‘amini qilaveraylik. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 187 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar